Dubayda musulmonlar uchun muborak Ramazon oyining kunduz vaqtlarida ham spirtli ichimliklar sotishga ruxsat berildi, deb yozmoqda The Independent gazetasi.
Rasmiy e'londa aytilishicha, Ramazon oyi davri mobaynida spirtli ichimliklar savdosi bir necha soat bilan chegaralanmaydi.
Dubay turizm departamentining ma'lum qilishicha, qaror sayyohlarga yuqori darajali xizmat ko‘rsatish maqsadida qabul qilingan. Shu bilan birga, shahar ma'muriyati mehmonlarni, amirlikning Ramazon oyidagi o‘ziga xosliklarini unutmaslikka chaqirgan.
Dubayda, 21 yoshga kirgan va musulmon bo‘lmagan shaxslar spirtli ichimliklar xarid qila oladi. Bundan tashqari, sotib olingan ichimliklarni maxsus joylar, xorijliklar uchun barpo etilgan mehmonxona yoki barlarda iste'mol qilish mumkin.