BMTning Jyenevadagi idorasi xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda

Jahon 17:44 / 23.06.2016 3581

BMTning Jyenevadagi idorasi Shveytsariya va Yevropa mamlakatlaridagi himoya darajasi o‘zgargani tufayli xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Bu haqida BMT matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Hujjatga ko‘ra, 22 iyundan boshlab BMTning Jyenevadagi bo‘limi hududiga kiruvchi mashinalar tanlab tekshiriladi. Shuningdek, Tashkilotning Yevropadagi shtab-kvartirasiga tashrif buyuruvchi xodimlar va mehmonlar tekshiruvi kuchaytiriladi.

"Tanlov nazoratiga kelajakda Birlashgan Millatlar Tashkiloti xavfsizlik standartlariga to‘liq muvofiq keluvchi yangi chora-tadbirlar kiritilishidan oldingi dastlabki chora sifatida qarash lozim, unga ko‘ra, BMT hududiga kiradigan barcha transport vositalari to‘liq tekshiriladi va tashkilot binosiga kirishda yanada jiddiy nazorat yo‘lga qo‘yiladi", deyiladi Jyenevadagi BMT bo‘limi bosh direktori Maykl Myollerning xabarida. 

BMTning Jyenevadagi bo‘limi qo‘riqchilarining RIA "Novosti"ga xabar qilishicha, Yevropa va Shveytsariyada terror faolligining o‘sishi hamda bu mamlakatlardagi aholi himoyasi darajasining oshirilishi munosabati bilan u yerdagi xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: