BMT Xavfsizlik kengashi KXDRning navbatdagi sinovlarini o‘z rezolyutsiyasini buzish deb tan oldi

Jahon 12:02 / 23.06.2016 3902

BMT Xavfsizlik kengashi (XK) a'zolari KXDRning ballistik raketalar sinovini amalga oshirishi borasida bir xil fikr bildirishdi. Kengashning iyun oyi raisi, Fransiyaning BMTdagi doimiy vakil o‘rinbosari Aleksis Lamekning aytishicha, bu Xavfsizlik kengashining barcha rezolyutsiyalarini buzishga kiradi. 

BMT XKning navbatdan tashqari yig‘ilishi natijalaridan kelib chiqib, u "Bu sinovlarga nisbatan juda keng qarashlar birligi mavjud. Hamma bu sinovlardan jiddiy xavotirga tushib, ularga qarshilik bildirdi. XKning barcha a'zolari bu holatni Kengashning barcha rezolyutsiyalarini buzish deb hisoblashadi", - deya ma'lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, XK a'zolari Pxenyanning harakatlariga javoban bayonot ustida ishlashda davom etishmoqda. 

Shimoliy Koreya 22 iyun kuni Yapon dengizi qirg‘og‘idagi Vonsan shahri chekkasida ikkita raketasini ishga tushirdi. Janubiy Koreya harbiylarining ma'lumotlariga ko‘ra, raketalardan biri 400 kilometrga uchgan. KXDR sinov muvaffaqiyatli o‘tganini qayd etgan. 

BMT XK tomonidan 2 mart kuni KXDRning iqtisodiy sohalariga nisbatan eng qat'iy sanksiyalar ko‘rilishiga doir qabul qilingan 2270 rezolyutsiyasidan keyin Pxenyan 10 marta sinov amaliyotini o‘tkazdi, bu esa BMT XKning beshta rezolyutsiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzishga kiradi.

AQSh doimiy vakil o‘rinbosari Samanta Pauer, o‘z navbatida, Pxenyanning harakatlarini noqonuniy deb atadi. "Bunday vaziyatda hammamiz birlashib, 2270 rezolyutsiyasini bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday yashirin xavf-xatarni bartaraf qilishimiz juda muhim", - dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: