BMT: Giyohvandlik dardiga mubtalo bo‘lganlar soni 29 milliondan oshib ketdi

Jahon 15:40 / 23.06.2016 8896

Giyohvand moddalarni iste'mol qilish bilan bog‘liq xastaliklarga uchraganlar soni dunyo bo‘yicha 29 mln kishidan ortib ketgan. BMT giyohvandlik va jinoyatchilik boshqarmasi e'lon qilgan yillik hisobotda qayd etilishicha, "so‘nggi 6 yilda ilk marotaba bu borada nomutanosib o‘sish kuzatilmoqda".

Hujjatda ta'kidlanishicha, sayyora katta yoshli aholisining 5 foizi, bu 2014 yilgi raqam bo‘yicha 250 mln kishi demakdir, taqiqlangan moddalarni bir kunda kamida bir marta iste'mol qiladi. 

"Bundan tashqari, 12 mln kishi giyohvand moddalarni tomiridan qabul qiladi. Ularning 14 foizi OIVga ega", - deyishgan ekspertlar. 

Geroin giyohvandligi Shimoliy Amerika, G‘arbiy va Markaziy Yevropada tobora avj olmoqda. 

Kannabis moddasi eng taqiqlangan,  ammo keng tarqalgan giyohvand moddasi bo‘lib qolmoqda. Uni 2014 yilda 250 mln kishidan 183 millioni kamida bir marta tatib ko‘rgan. 

Shu bilan birga, BMT boshqarmasi, asosan G‘arb mamlakatlarida marixuanadan foydalanish hollari tobora ortib borayotganidan xavotir bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: