BMT Bosh Assambleyasining sobiq rahbari, Antigua va Barbuda davlatining tashkilotdagi sobiq vakili Jon Esh 62 yoshida yurak xurujidan vafot etgan.
Bu haqda, Reuters agentligi uning advokati Jyeremi Shnayderga asoslangan holda xabar qilmoqda.
O‘tgan yilning oktabr oyida, 2013-2014 yillarda Bosh Assambleyaga rahbarlik qilgan Eshga nisbatan korrupsiya ayblovi rasman ilgari surilgan edi. Biroz muddat keyin, ushbu ish bo‘yicha ayblanayotgan ikki ayol o‘z aybiga iqror bo‘lgandi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, BMT vakillari BMTning Makaodagi anjumanlar markazini qurishni Xitoy kompaniyasiga topshirish uchun, mazkur qurilish kompaniyasidan pora olgan.