«Barselona» jamoasi rahbariyati va murabbiylar shtabi Neymar yangi mavsum arafasida boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkinligini istisno etmayapti. Braziliya terma jamoasi futbolchisiga ayni vaqtda «Real», «Manchester Yunayted» va «PSJ» kabi jamoalardan katta miqdordagi mablag‘lar taklif etilmoqda.
Kataloniyaliklar klubi esa futbolchi uchun yiliga 15 mln yevrodan ziyod maosh to‘lay olmasligini bildirgan.
El Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, «Barselona» Neymar yo‘qotilgan taqdirda «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibalani o‘z tarkibiga jalb etmoqchi.
Futbolchining o‘zi ham bir necha marta intervyularda ko‘k-anorranglilar jamoasi ishqibozi ekani haqida aytib o‘tgan.
Bundan oldinroq Ispaniyadagi nashrlarda «Barselona»ning Neymar bilan shartnomasi muddati uzaytirilishiga uning otasi Neymar da Silva hamda agenti Vagner Ribeyro tomonidan qarshilik ko‘rsatayotgani haqida xabar berilgandi.
Neymar katta ehtimol bilan «PSJ» o‘tishi mumkin. Ayni vaqtda bildirilayotgan takliflar qatorida aynan parijliklar eng ko‘p miqdorda maosh bermoqchi: yiliga 18,5 million yevro va bonuslar hisobiga bu miqdor 28 million yevroga yetishi mumkin.
Bu vaqtda esa «Real» ushbu hujumchiga yiliga 15 million yevrodan to‘lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma taklif etmoqda.
«MYu» esa 17 million yevrolik taklif bildirgan.
Yakunlangan mavsumda argentinalik futbolchi turinliklar jamoasi tarkibida 46 uchrashuv o‘tkazib, 23 gol urgan va 9 marta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Manba: Tribuna.uz