Yaponiya mudofaa vazirligi KXDR rekatalarini tutish bo‘yicha buyrug‘ini bekor qildi

Jahon 12:11 / 23.06.2016 4852

Yaponiya mudofaa vaziri Gen Nakatani mamlakat xavfsizligiga rahna solgudek bo‘lsa, KXDR raketalari yoki ularning qoldiqlarini urib tushirish bo‘yicha bergan buyrug‘ini bekor qildi. 

22 iyun kuni ertalab, KXDR Yapon dengizi sohillarida joylashgan Vonsan shahri chekkasidan 4 ming km.gacha ucha oladigan ballistik raketalarni uchirgan edi. Ulardan biri, Janubiy Koreya harbiylarining ma'lum qilishicha, 400 km parvoz qilgan. G‘arb mamlakatlari bu raketalarni "Musudan" yoki BM-25 tasnifiga kiritishadi. 

Shimoliy Koreya OAV sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan ballistik raketa "Xvason-10" deb nomlangani haqida xabar qilgan edi.

Kiodo agentligining axborotiga binoan, navbatdagi parvozlar alomatlari mavjud bo‘lmagani sabab, buyruq bekor qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: