Yaponiya Britaniya YeIdan chiqqan taqdirda bozorni himoya qilishga doir favqulodda chora-tadbirlar ko‘rmoqda

Iqtisodiyot 11:34 / 23.06.2016 4994

Yaponiya hukumati va moliyaviy muassasalari Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy zarbalarini bartaraf qilish uchun favqulodda choralar ko‘rishmoqda. Bu haqida "Nikkey" gazetasi xabar berdi. 

Mamlakatning moliya vazirligi qo‘shimcha talab yuzaga kelganda va spekulyantlar ommaviy hujum qilgan taqdirda yetakchi banklarga muhim qo‘shimcha xorijiy valyuta zaxiralarini yaratish vazifasini yukladi. 

"Hukumat vakillari Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi omonatchilar hamda funt sterling asosidagi qimmatli qog‘oz egalari orasida vahima ko‘tarilishga sabab bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqishmoqda" deyiladi gazetada. 

Bir vaqtning o‘zida valyuta operatsiyasini amalga oshiruvchi xususiy kompaniyalar uni sotib olish va almashtirishga vaqtinchalik cheklov qo‘yishdi - ayniqsa, bu funt yoki yevro bilan bog‘liq bo‘lsa. Mijozlar haddan ziyod kuchli zarbalar yuzaga kelgan taqdirda operatsiyalar vaqtinchalik umuman to‘xtatilishi mumkinligidan xabardor qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: