Amerikaning J.D. Power and Associates kompaniyasi, eng sifatli avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning yillik reytingini e'lon qildi.
Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, ro‘yxatni Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi boshqarmoqda. U, o‘tgan 3 yil mobaynida yetakchilik qilgan Porscheni ortda qoldirishning uddasidan chiqa olgan.
Tadqiqot natijalari, 80 mingdan ortiq amerikalik yangi mashinalari egalari orasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga asoslangan. Ular, 8 turkumga bo‘lingan, avtomobil xarid qilingandan so‘ng, 90 kun mobaynida qayd etilgan nosozliklarga oid 233 ta savolga javob berishgan.
Shundan so‘ng, so‘rov natijalariga ko‘ra, u yoki bu modelning har bir sotilgan 100 dona mashinasiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha nosozliklar soni aniqlangan.
Kianing har bir 100ta sotilgan mashinasiga o‘rtacha 83 kamchilik to‘g‘ri kelsa, Porsche kompaniyasi mahsulotida bu raqam 84 taga teng.
Mutaxassilarning qayd etishlaricha, ommaviy brend 27 yil ichida birinchi marta ro‘yxating birinchi o‘rniga chiqa olgan. Bundan avval, faqat qimmat va yuqori tasnifdagi avtomobillar eng sifatli hisoblanib kelinardi.
Reytingning uchinchi o‘rnini Janubiy Koreyaning yana bir kompaniyasi — Hyundai — 92 ta nosozlik bilan egallagan. Yaponiyaning Toyotasi (93ta nosozlik) to‘rtinchi, Germaniyaning BMW kompaniyasi (94 ta nuqson) beshinchi o‘rinni egallagan.
Ro‘yxatning quyi qismida esa Volvo, Fiat va Smart mashinalari joylashdi. Ularda kuzatilgan nosozlik va nuqsonlar soni tegishli ravishda 152, 174 va 216tani tashkil etgan.
J.D. Power and Associates bo‘yicha eng sifatli avtomobillar reytingi
Markasi Har 100ta mashinaga to‘g‘ri kelgan nuqson soni Markasi Har 100ta mashinaga to‘g‘ri kelgan nuqson soni
Kia 83 Jeep 113
Porsche 84 Ram 114
Hyundai 92 Chrysler 115
Toyota 93 Mitsubishi 116
BMW 94 Dodge 117
Chevrolet 95 Subaru 118
Buick 96 Honda 119
Lexus 96 Acura 122
Nissan 101 Scion 123
Ford 102 Jaguar 127
GMC 103 Mazda 127
Infiniti 103 MINI 127
Volkswagen 104 Land Rover 132
Audi 110 Volvo 152
Mercedes-Benz 111 Fiat 174
Cadillac 112 Smart 216
J.D. Power and Associates shuningdek, har bir toifadagi eng sifatli mashinalar ro‘yxatini ham tuzib chiqqan. Bu borada, General Motors va Toyota kompaniyalari mahsulotlari yetakchilik qildi. Ushbu ishlab chiqaruvchilarning 7tadan modeli reytingdan joy egallashga muvaffaq bo‘lgan.
J.D. Power and Associates tasnifi bo‘yicha eng sifatli modellar ro‘yxati
Toifasi Modeli Toifasi Modeli
Shahar avtomobili Chevrolet Spark Kichik yo‘ltanlamas Kia Sportage
Kichik avtomobil Hyundai Accent Kichik yuqori toifali yo‘ltanlamas Audi Q3
Kichik qimmat avtomobil Lexus CT Ixcham yo‘ltanlamas Chevrolet Equinox/GMC Terrain
Ixcham-avtomobil Toyota Corolla Ixcham qimmat yo‘ltanlamas Porsche Macan
Ixcham sportkar Buick Cascada/Scion tC Ixcham ven Kia Soul
Qimmat ixcham avtomobil Lincoln MKZ O‘rta o‘lchamli yo‘ltanlamas Toyota Highlander
Qimmat ixcham sportkar Audi TT Qimmat yo‘ltanlamas BMW X5
O‘rta o‘lchamli avtomobil Toyota Camry O‘rta o‘lchamli ppikap Nissan Frontier
O‘rta o‘lchamli sportkar Dodge Challenger Miniven Chrysler Town & Country
O‘rta o‘lchamli qimmat avtomobil Lexus GS Yirik yo‘ltanlamas Chevrolet Tahoe
O‘rta o‘lchamli qimmat sportkar Porsche 911 Yirik qimmat yo‘ltanlamas Lincoln Navigator
Yirik o‘lchamli avtomobil Hyundai Azera Yirik pikap Chevrolet Silverado LD
— — Yirik og‘ir pikap Chevrolet Silverado HD
Tadqiqot Amerika brendlaridan foydalanish o‘sganini ko‘rsatgan. Reytingning 30 yillik tarixi davomida, Ford, GM va Chrysler avtomobillarining har 100tasiga to‘g‘ri kelgan o‘rtacha nosozliklar boshqa kompaniyalarning bu boradagi ko‘rsatkichidan past bo‘lgan. So‘nggi bir yilda Amerika mashinalari sifati 10 foizga yaxshi tomonga o‘zgargan.