AQShda navbatdagi otishma sodir bo‘ldi: noma'lum kimsa Olimpiya shahri (Vashington shtati) yaqinida odamlar yashaydigan avtotirkamalar turargohida odamlarga o‘q uzdi. Oqibatda 3 kishi: 2 erkak va bir ayol halok bo‘lgan, yana bir erkak yarador bo‘lgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, politsiyani jarohat olgan erkak chaqirtirgan. U shifoxonaga yetkazilgan. "Mergan"ni hozircha qo‘lga olishning iloji bo‘lmagan.
Bu kun davomida ikkinchi bunday holat bo‘ldi. Bir necha soat avval noma'lum shaxs yaqinda 49 kishi o‘ldirilgan Orlando shahrida piyodalarni o‘qqa tutgan.