AQSh va Estoniya harbiy hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi

Jahon 06:59 / 23.06.2016 3723

Pentagonda AQSh va Estoniya harbiy hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida kelishuv imzolagani ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

"AQSh mudofaa vaziri yordamchisi o‘rinbosari Jyeyms Taunsend va Estoniyaning AQShdagi elchisi Yeyerik Marmey AQSh va Estoniya mudofaa vazirliklari o‘rtasida tadqiqotlar, rivojlanish, sinovlar hamda baholash harakatlarini o‘tkazish sohasida hamkorlikni kengaytirish haqidagi kelishuvni imzolashdi", deyilmoqda AQSh mudofaa vazirligi xabarida.

Ta'kidlanishicha, bu kelishuv "keng yo‘nalishlar spektri bilan bog‘liq mudofaa imkoniyatlari rivojlanishida hamkorlikka ko‘mak beradi". 

"Bundan tashqari, kelishuv ishchi guruhlarini yaratish hamda hamkorlik va innovatsiyalarni yaxshilash uchun uskuna va materiallar bilan o‘zaro almashishni ko‘zda tutadi", deb qo‘shimcha qilindi mudofaa vazirligida.

Avvalroq Estoniya hududida NATO davlatlarining Saber Strike harbiy mashg‘ulotlari o‘tayotgani ma'lum qilingandi. Bu NATOning Boltiqbo‘yi davlatlaridagi oxirgi vaqtdagi eng yirik manyovrlari bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: