WSJ: IKEA Rossiya savdo markazlarining rivojlanishiga 2,1 milliard dollar investitsiya qiladi

Iqtisodiyot 15:33 / 22.06.2016 3714

MeGA markazlarini boshqaruvchi IKEA Centers Russia kompaniyasi Rossiyadagi 14ta savdo markazining kengayishi va modernizatsiyalashtirilishiga kamida 2,1 milliard dollar investitsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqida  The Wall Street Journal ma'lum qildi.

Yaqin o‘n yil ichida kompaniya Rossiyaning sharqidagi ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmoqda, hozirgi paytda esa asosiy e'tibor mavjud markazlarning rivojlanishiga qaratiladi. Birinchi navbatda gap Moskva hududidagi ikki majmua haqida ketmoqda, ularning savdo maydonini kengaytirish taklif qilinmoqda. 

"Chakana sotuvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish qilish uchun ko‘proq joy bo‘lishini istashmoqda", - deya ma'lum qildi IKEA Centres Russia tijorat direktori Olga Shevtsova. 

Bugungi kunda Rossiyada kompaniyaning 14ta savdo markazi ochilgan. Har bir markazda o‘rtacha hisobda 200tadan do‘kon bor, u yerga kundalik tashrif buyuruvchilar soni - 275 million.

Ko‘proq yangiliklar: