Warner Bros. Kinokompaniyasi yangi King-Kongning bo‘yi 30 metr bo‘lishiga va'da berdi

Jamiyat 17:34 / 22.06.2016 8203

Warner Bros. kinkompaniyasi yangi filmda xali kino tarixining ekranlarida chiqmagan eng yirik King-Kong obrazini namoyish etishga va'da berdi. Bu haqda rejissyor Jordan Vot-Roberts CineEurope ko‘rgazmasida gapirib o‘tgan, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter.

«King-Kong: bosh suyaklar oroli» filmidagi maxluqning bo‘yi 100 futdan (30 metrga yaqin) kam bo‘lmasligi aytilgan. Taqqoslash uchun, 2005 yilda chiqqan King-Kong filmidagi maymun yangi obrazdagidan uch baravar mayda.

«King-Kong: bosh suyaklar oroli» 2017 yilning martida katta ekranlarga chiqadi. Unda Bri Larson, Tom Xiddlston va Semyuel L. Jyeksonlar bosh rollarni ijro etgan. Voqealar 70-yillarda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: