Volgogradda Ikkinchi jahon urushidan qolgan o‘q-dorilar topildi

Jahon 12:55 / 22.06.2016 6004

Arxiv foto / TASS

Volgogradning 3 hududida qazish ishlarini olib borgan qidiruvchilar Ikkinchi jahon urushiga oid o‘q-dorilar zaxirasini topishgan. Bu haqda, viloyat IIBB vakili Anton Koranuxov TASS agentligiga ma'lum qilgan.

"Volgogradning 3 hududida olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 55 dona  minomet minasi, 37 ta artilleriya snaryadi, 3ta snaryadlarni portlatgich va ikkita F-1 granatasi topildi. Ularning barchasi Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli",- degan Kornauxov.

Uning aniqlik kiritishicha, xavfli topilmalar aniqlangan joylar, sapyorlar kelgunicha maxsus qo‘riqlanadi. 

Ta'kidlash kerakki, Rossiyaning Volgograd oblastida, Stalingrad urushi (1942 yil iyul - 1943 yil fevral)  yakunlanganidan 70 yildan ortiqroq vaqt o‘tganiga qaramay, har yili o‘nlab aviabombalar, yuzlab snaryad, mina va boshqa turdagi o‘q-dorilar topiladi. Ular maxsus poligonlarda yoki topilgan joyning o‘zida portlatib yuboriladi.

Ko‘proq yangiliklar: