Yevropa chempionati eng qizg‘in pallasiga chiqib bormoqda. Hozirgina F guruhi vakillari uchinchi turdagi o‘yinlarini yakunlashdi. Lionda Portugaliya hamda Vengriya terma jamoalari to‘qnash kelishdi. Dramatik tarzda kechgan o‘yinda 3:3 hisobida durang natija qayd etildi. Har ikki jamoa sardorlari Judjak va Krishtianu Ronaldu ikkitadan golga mualliflik qilishdi.
Bu durangdan keyin Vengriya guruhda birinchi bo‘ldi, Portugaliya esa uchinchi o‘rinni egalladi. Ronaldu jamoasining keyingi bosqichga chiqish‑chiqmasligi bugun tunda o‘tkaziladigan Ye guruhi o‘yinlaridan keyin aniq bo‘ladi.
Yevro-2016. "F"- guruhi.
Vengriya – Portugaliya 3:3 (1:1, 2:3)
Gollar: 1:0 – 19 Gera, 1:1 – 42 Nani, 2:1 – 47 Djudjak, 2:2 – 50 Ronaldu, 3:2 – 55 Djudjak, 3:3 – 62 Ronaldu, 3:4 – 62 Ronaldu.
Vengriya: Kiray, Guzmich, Korxut, Lang, Yuxas, Elek, Pinter, Lovrenchich (Shteber, 83), Djudjak, Gera (Beshe, 46), Salai (Nemet, 71).
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Karvalyu, Pepe, Elizeu, Viyeyrinya, Moutinyu (Sanshesh, 46), Vilyam Karvalyu, Nani (Danilu Pereyra, 81), Andre Gomesh (Kuarejma, 61), Joau Mariu, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Guzmich (13), Yuxas (28), Gera (34), Djudjak (56).