O‘zbekistonning ikkita yirik magistral gaz quvurini o‘zaro birlashtirish ishlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston 13:33 / 22.06.2016 6068

O‘zbekistonning ikkita yirik magistral gaz quvurini o‘zaro birlashtirish bilan bog‘liq umumiy qiymati 120 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tasarrufidagi “Urganchtransgaz” sho‘'ba korxonasi, “Janubgazqurilish” aksiyadorlik jamiyati, “Neftgazmontaj” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududidan o‘tadigan mazkur gaz quvurining uzunligi 74 kilometrni tashkil etadi. 1020 millimetrli ushbu gaz quvurining 850 metrlik qismi Amudaryo o‘zanining 20 metr ostidan gorizontal qiya burg‘ulash usuli bilan o‘tkazilmoqda.

Uch bosqichdan iborat bu ishga 500 ga yaqin ishchi-muhandis va mutaxassislar, 200 dan ortiq maxsus texnika jalb qilingan. Daryoning ostki qismida gorizontal qiya burg‘ulash ishlari noyob qurilish usullaridan biri bo‘lib, u ilgari xorijiy davlatlar kompaniyalari va chet ellik mutaxassislar tomonidan amalga oshrilgan. Hozir esa bu ishlarning barchasi mahalliy mutaxassislar tomonidan bajarilmoqda.

Ikki yirik gaz magistralini bog‘laydigan ushbu tarmoq 52 kanal, kollektor, avtomobil va temir yo‘llarni kesib o‘tadi.
Amudaryo sohilida burg‘ulash ishlarining boshlanishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ko‘proq yangiliklar: