O‘zbekiston va Germaniya menejyerlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi

O‘zbekiston 20:46 / 22.06.2016 4596

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida tashkilot va korxonalar uchun yuqori darajali boshqaruvchi kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilishga qaratilgan 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan memorandum imzolandi.

2007 yilda ikki davlat o‘rtasida boshqaruvchi kadrlar tayyorlash borasida imzolangan memorandumga muvofiq O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati o‘zbekistonlik menejyerlarni GFRda malaka oshirishlari masalasida o‘zaro ish olib borishmoqda.

Ulardan 368 nafari Germaniyada mashina qurilishi, to‘qimachilik sanoati, qurilish, qishloq xo‘jaligi, konsalting, logistika, qayta tiklanuvchi energiya, tibbiyot va boshqa sohalarda malaka oshirib qaytishdi.

Ko‘proq yangiliklar: