O‘n birinchi sinf o‘quvchisi o‘z ismini Aqto‘be terrorchilari ro‘yxatida ko‘rib qoldi

Jamiyat 20:44 / 22.06.2016 12903

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati, Martuk tumanidagi Baynasay o‘rta maktabining bitiruvchisi 5 iyun kuni viloyatda terakt sodir etgan terrorchilar ro‘yxatida o‘z ismini ko‘rib qoldi. Unga bu haqda do‘stlari xabar bergan. 

Seytkalining so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng u bilan ko‘pchilik munosabat qilmay qo‘ygan. Hatto ijtimoiy tarmoqlarda ham u bilan gaplashishni yig‘ishtirib qo‘yishgan yoki uni blok holatiga keltirishgan.

Yigit onasi bilan Baynasay qishlog‘ida yashaydi, otasi yo‘q.

Yigitning 40 yashar tog‘asining aytishicha, akim (hokim) ularni akimiyatga chaqirgan. Erkak ularga buning yanglishmovchilik ekanligini aytgan. Ularga yo‘nalish Kostanay viloyatidan berilganini aytishgan.

«Ro‘yxatdagi gumonlanuvchilar orasida jiyanimning suratini ko‘rib hayron qoldik. Bu suratga u o‘tgan yili tushgan edi», - dedi yigitning tog‘asi Shayxslam Jalgasbayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yigitni oqlash ishlari hech qanday natija bergani yo‘q. Shuningdek, jiyani hayotining xavf ostida ekanligidan xavotirda ekanligini ham bildirgan.

Avvalroq OAV orqali teraktda gumonlanuvchilarning ro‘yxati e'lon qilinganida Sagyngan Seytkalining ismi unda bo‘lmagan. Ammo ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan ro‘yxatda esa yigitning ismi bor.

Ta'lim boshqarmasidagilar yigitning istalgan joyiga bemalol borishini, uning hayotiga va o‘qishiga hech qanday xavf soya solmasligini aytishgan. Shuningdek,

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirliklari bu kabi ro‘yxatni ijtimoiy tarmoqlarga bermaganliklarini aytishgan.

Ko‘proq yangiliklar: