Turkiyalik erkakning jasadi liftga tiqilgan holda 25 kun qolib ketdi

Jamiyat 01:05 / 22.06.2016 10517

Turkiyaning Mramornomor hududidagi ko‘p qavatli binolarning birida  o‘t o‘chiruvchilar qariyb bir oy qolib ketgan erkak jasadini topishdi. Bu haqida 21 iyun kuni Hurriyet Daily News xabar bermoqda.

61 yoshli Mustafo Ahmad Tekdog‘anning jasadi binoning birinchi qavatida joylashgan oziq-ovqat do‘koni egalarining yoqimsiz hiddan arz qilishi tufayli  topilgan. Ular bu hid xonadondan kelmoqda, deb o‘ylashgan.

Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari uyni ochib ko‘rishgan va u yerdan hech kimni topa olishmagan. Biroq hid liftdan taralyotganini payqab qolishgan. Ular shaxtaga kirib, beshinchi va oltinchi qavatlar orasida tiqilib qolgan liftni ko‘rishgan. U yerda esa jonsiz odam tanasi topilgan. Ekspertlar fikricha, jasad u yerda eng kamida 25 kun yotgan. 

Nashrning qayd etishicha, vafot etgan kishi bir o‘zi yashagan. Shu sababli uning tiqilib qolganini hech kim payqamagan. Shuningdek, uning qo‘l telefoni ham bo‘lmagan. Baland ovozda baqirishga esa sog‘lig‘i yo‘l qo‘ymagan.  Hurriyet Daily News qayd etishicha, erkak 1999 yilda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida oilasini yo‘qotgach, ruhiy hastalikdan aziyat chekib kelgan.             

Ko‘proq yangiliklar: