Turkiya hukumati Suriya bilan chegarada havo hujumlariga qarshi mudofaa tizimi joylashtirish va uni sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgan. Bu haqda Defense News Turkiya xavfsizlik xizmatidagi manbalariga tayangan holda xabar tarqatgan.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, yangi tizimlar mamlakat janubidagi Kilis viloyati hududiga o‘rnatiladi. Gap Serhat nomli minomyotga qarshi radarli tizim, shuningdek HIMARS nomli tezkor-taktik raketa-artilleriya tizim haqida ketmoqda.
Bundan tashqari, Suriya bilan chegaraga 70 km masofada kichik dirijabllar partullik qiladi. Nashrning eslatishicha, Turkiyaning Suriya bilan chegarasining umumiy uzunligi 900 kilometrni tashkil qiladi.
"Biz chegaraning bu qismini jiddiy qo‘riqlashimiz kerak. Havo hujumlariga qarshi mudofaa tizimi vaziyat kutish yoki hujumga o‘tishdan ko‘ra samaraliroq hisoblanadi", degan harbiy amaldor.
Taxmin qilinishicha, bu choralar Gaziantep, Xatay, Mardin va Shanliurf viloyatlari himoyasi uchun ko‘rilmoqda.