Toshkentda Oliy ta'lim tizimida kadrlar tayyorlashning ko‘rsatkichlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Jamiyat 11:31 / 22.06.2016 4097

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida «Oliy ta'lim tizimida 2016/2017 o‘quv yilida kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Unda vazirlik rahbariyati, boshqarma va markazlar rahbarlari, bir qator oliy o‘quv yurti rektorlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Matbuot anjumanida qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda 59 ta oliy ta'lim muassasasi, respublika markaziy oliy ta'lim muassasalarining 15 ta filiali va 7 ta yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasasining filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Oliy ta'lim tizimidagi kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari, bu sohadagi istiqbolga yo‘nalgan asosiy vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 maydagi «2016/2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida»gi Qarorida o‘z aksini topgan.
Qarorda qayd etilganidek, 2016/2017 o‘quv yili uchun:

- bakalavrlarni 57907 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 19120 va to‘lov-kontrakt asosida – 38787 nafar miqdorida;

- magistrlarni 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 1548 va to‘lov-kontrakt asosida – 3452 nafar miqdorida.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti (Qo‘ng‘irot bo‘limi)ning maxsus sirtqi bo‘limida bakalavrlarni tayyorlash davlat grantlari bo‘yicha 65 nafar va Toshkent axborot texnologiyalar universitetining maxsus sirtqi bo‘limida – 50 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 15 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 35 nafar qabul qilish umumiy kvotalari belgilangan. 

Iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarning oliy ma'lumotli mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida 2016/2017 o‘quv yilida yangi 18 ta bakalavriat yo‘nalishlari, 14 ta magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari shakllantirildi.

Yangi kiritilayotgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini shu yilning 1 avgustiga qadar ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlash vazifasi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: