Toshkentda dunyo miqyosidagi yangi urologik klinika ishga tushadi

O‘zbekiston 23:47 / 22.06.2016 15950

Ilg‘or texnologiyalar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng qo‘llaniladi. Tez kunlarda ochilishi mo‘ljallangan Urologic Complex klinikasi ham shular jumlasiga kiradi. Klinikada dunyoning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan so‘nggi modifikatsiyali jihozlar mavjud. Shifokorlar ular yordamida keng tarqalgan urologik kasalliklar, ya'ni siydik yo‘li toshi kasalligi, prostata adenomasi, siydik yo‘li infeksiyasi, shuningdek, erkaklar bepushtligi kasalliklari bo‘yicha yordam ko‘rsatishlari mumkin. 

Xususan, klinikda mavjud bo‘lgan GE Healthcare kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan Precision Rxi rentgen-tizimi diagnostika qilishda muhim rol o‘ynaydi va rentgen nurlarining inson organizmiga minimal ravishda ta'sir etishini ta'minlab, shu vaqtning o‘zida monitoring ishlarini ham amalga oshiradi.
Klinikadagi 110 vt. quvvatga ega bo‘lgan eng zamonaviy golmiy lazer uskunasi Germaniyaning Asclepion Laser Technologies Gmbh kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib eng kuchli jarrohlik lazeriga ega. Mazkur uskuna dunyoning bir nechta ilg‘or klinikalarida bor xolos, O‘zbekiston ham shular jumlasiga kiradi. Uskuna inson organizmidagi patologik to‘qimalarni ochib berish imkoniyatiga ega. Uskuna yordamida 100 grammdan ortiq bo‘lgan prostata adenomasini olib tashlash mumkin.

 

Ko‘proq yangiliklar: