Tadqiqot: qochqinlarga moliyaviy yordam iqtisodiyot uchun foydali

Jamiyat 11:16 / 22.06.2016 3267

BMT butunjahon oziq-ovqat dasturi va Deyvisdagi Kaliforniya universiteti olimlarining xulosalariga ko‘ra, moliyaviy yordam olayotgan qochqinlar, ularni qabul qilayotgan mamlakat iqtisodiyoti o‘sishiga ijobiy ta'sir etishi mumkin. Tadqiqot natijalari, Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida e'lon qilingan. 

Yangi ilmiy tadqiqotda Ruandadagi kongolik qochqinlar joylashgan 3ta lager mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta'sir etgani o‘rganilgan. Lagerlardan ikkitasidagi qochqinlarga moliyaviy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa, biriga oziq-ovqatlar tarqatilgan. 

Olimlarning aniqlik kiritishicha, lagerlarning mavjudligi 10km radiusdagi aholi punktlari rivojiga ijobiy ta'sir etgan. Moliyaviy yordam olgan har bir qochqin mahalliy aholining daromadini 63 foizdan 96 foizgacha oshirgan. Qochqinlar yiliga 120 va 126 dollardan olishgan bo‘lsa, mahalliy aholining daromadi 204 va 253 dollarga ko‘paygan. Bunga qochqinlar mahalliy aholi yetishtirgan mahsulotlar va ular ko‘rsatadigan xizmatlardan foydalangani sababdir. 

Oziq-ovqat yordami olgan lager atrofida esa bunday samara kuzatilmagan. Makkajo‘xori, bob, tuz, o‘simlik yog‘i kabilarni olgan qochqinlar aksincha mahsulotlarni mahalliy bozorda sotishgan. Bu esa aksincha tubjoy aholi bilan raqobatga olib kelgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: