Suriya ixtilofining 5 yili ichida Suriyada jangovor harakatlar oqibatida 700 dan ko‘proq tibbiyot xodimi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
Bu haqda Suriyadagi vaziyatni tergov qilish bo‘yicha BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi mustaqil komissiyasi ma'lum qildi.
"Ixtilof boshidan beri shifoxonalarga berilgan zarbalar oqibatida 700 dan ko‘proq shifokor va tibbiyot xodimi halok bo‘ldi", deb aytdi komissiya boshlig‘i Paulu Pineyru.
Pineyruning aytishicha, butun Suriya bo‘ylab shifoxona va tibbiyot muassasalariga katta miqyosdagi hujumlar "fuqarolar orasida ko‘plab qurbonlarga, shuningdek, shifokorlarning halok bo‘lishiga olib kelgan".