Rossiyaning Yoqutistondagi tumanlaridan birining rahbari va uning rafiqasining jasadi daryoda topildi

Jahon 09:10 / 22.06.2016 6676

Rossiyaning Yoqutiston respublikasining Ust-Aldan tumanidagi Aldan daryosida qayiqning to‘ntarilishi oqibatida yo‘qolgan ikki kishining jasadi g‘avvoslar tomonidan topildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Yo‘qolgan shaxslar Ust-Aldan tumani "Ospexskiy nasleg" munitsipal tuzilmasi rahbari Anatoliy Rumyantsev va uning rafiqasi bo‘lgan. Ular Isiax milliy bayramidan qaytayotgan bo‘lganlar.

"Yo‘qolib qolgan Anatoliy Rumyantsev va uning rafiqasining jasadlari topilib, suvdan chiqarildi. Ularning shaxslarini rasman o‘rnatish bilan tergov shug‘ullanadi", deb aytildi Yoqutiston favqulodda vaziyatlar vazirligida. 

FVV ma'lumotlariga ko‘ra, Cheriktyay qishlog‘idan Digdal qishlog‘iga ketayotgan motorli qayiq sohildan 150 metr uzoqlikda to‘ntarilib ketgan. Qayiqda 6 kishi bo‘lgan. 4 kishi mustaqil ravishda qirg‘oqqa chiqa olgan, qolgan ikki odamning taqdiri noma'lumligicha qolayotgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: