Rossiya prezidenti 23 iyun kuni Toshkentda Xitoy va Mo‘g‘uliston rahbarlari bilan uchrashadi

O‘zbekiston 21:39 / 22.06.2016 9898

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 23-24 iyun kunlari Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va XXR raisi Si Tszinpin bilan qisqa uchrashuvda bo‘ladi. Bundan tashqari, Rossiya-Xitoy-Mo‘g‘uliston ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuvda ham qatnashadi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qilgan.

Uchrashuvlar ShHT doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda bo‘ladigan uchrashuvda uch tomonlama hamkorlikning istiqboldagi taraqqiyoti muzokaralar markazida bo‘ladi. Mavzular sirasiga: “O‘zida 30 ta loyihani mujassamlashtirgan RF hamda XXR va Mo‘g‘uliston o‘rtasida iqtisodiy yo‘lak barpo etish dasturi” ham kiradi.

Ushkovning aytishicha, tomonlar uchrashuvida mintaqaviy va xalqaro masalalarga oid boshqa mavzular ham ko‘tariladi.

Ko‘proq yangiliklar: