Checheniston rahbari majburiyatlarini bajaruvchi Ramzon Qodirov Rossiya fuqarolarini yangi chiqariladigan 200 va 2000 rubllik qog‘oz pullarda Grozniy masjidi va Dog‘istonning Darbant shahridagi qadimiy qal'aning tasviri aks ettirilishini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.
"Checheniston poytaxti yangi Rossiya, uning tiklanishi, jasurlik, matonat va bizning ko‘p millatli Vatanimiz – Rossiya xalqlarining irodasini aks ettiradi. Grozniy dunyo, barqarorlik, millatlararo totuvlik va do‘stlik shahriga aylandi", deb aytdi Qodirov.
Bu orada vladivostoklik tashabbus guruhi Rossiya Markaziy bankiga Vladivostok tasviri tushirilgan 2000 rubllik qog‘oz pulni muomalaga chiqarishni taklif qilmoqchi. Faollarning ishonishicha, bunday yangi qog‘oz pullar rossiyaliklarga "odatiy rubllarni yangicha ko‘rish" imkonini beradi.
Rossiya banki 2017 yildan yangi qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda. Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullinaning aytishicha, yangi qog‘oz pullar fuqarolarning mahsulot va xizmatlarga to‘lovni amalga oshirishini soddalashtiradi.