Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Toshkentda o‘tadigan ShHT Sammitida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan oktabr oyida o‘tadigan rus-hind sammiti tayyorgarlik ishlari doirasida uchrashadi.
“Hindiston bosh vaziri Modi bilan uchrashish rejalashtirilgan”, - dedi Ushkov. “Ushbu uchrashuv hindlar bilan o‘tadigan sammit hamda BRIKS sammiti oldidan o‘ta muhim hisoblanadi”, deb ta'kidladi u.
Uchrashuvda, shuningdek, Hindistonning ShHT a'zoligiga kirishi ham muhokama qilinadi. Bundan tashqari, energetika sohasida olib borilayotgan ishlar muhokamasi ham kun tartibida bo‘ladi.
U Putin va Modi uchrashuvida boshqa mavzular ham ko‘tarilishini inkor etmagan.