Pokiston prezidenti ShHT Sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi 

O‘zbekiston 22:24 / 22.06.2016 13808

Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 22 iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
  
Pokiston Prezidenti mamlakatimizga tashrifini qadimiy Samarqandni ziyorat qilishdan boshladi. Oliy martabali mehmon Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qayta qurilgan Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. 

Dunyoga mashhur Registon majmuasi bilan tanishuv va bu yerdagi milliy hunarmandlik buyumlari namoyishi ham Pokiston Prezidentida katta taassurot qoldirdi. Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari xalqimizning boy madaniyati, ajdodlarimizning yuksak aql-zakovatidan dalolat berishi alohida qayd etildi.

Foto: JAHON AA

Ko‘proq yangiliklar: