O‘zbekiston chempionatining 12-turida “Olmaliq” “Andijon”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 2:0 hisobida olmaliqliklarning foydasiga hal bo‘ldi.
Yevgeniy Gogol 14-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, Diyor Turobov raqiblar darvozasining 70 metrdan ishg‘ol qildi. “Andijon” darvozaboni so‘nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirishga yordam berish uchun o‘z darvozasini tashlab, raqib maydonchasiga kelgan edi. Biroq jamoasining hujumi oxiriga yetmay, raqiblar olib qo‘ygan to‘p ochiq qolgan darvozaga osonlikcha kirib ketdi.