Janubiy Koreya OAV Shimoliy Koreya o‘rta ta'sir masofasiga ega ballistik raketani uchirganini ma'lum qildi. Taxminlarcha, raketa mamlakatning sharqiy sohilidagi Vonsan shahriga yaqin joydan uchirilgan.
"Ehtimol, bu yangi "Musudan" raketasi bo‘lishi mumkin. Uning parvoz uzoqligi 2,5 mingdan 4 ming km gachani tashkil qiladi. Bu raketaga Guam oroli yoki Alyaskaga yetib borishga imkon beradi", deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi.
Qayd qilish joizki, Shimoliy Koreya raketalari harbiy mutaxassislar uchun umuman katta jumboq hisoblanadi. Ba'zilar ular raketa bo‘lmay, qo‘rqitish uchun uning mulyaji degan fikrni bildiradilar. Biroq Shimoliy Koreya armiyasi yadroviy qurolni ishlatishga ruxsat olgani va o‘rta masofalarga mo‘ljallangan raketalarni mamlakatning sharqiga, ya'ni AQShga yaqinroq joylashtirishi haqida Pxenyanning avvalgi bayonotilari javobsiz qolmagan.