Xorvatiya terma jamoasi Yevropa chempionati guruh bosqichining 3-turida Ispaniyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning 72-daqiqasida hisob 1:1 bo‘lib turgan vaqtda Xorvatiya terma jamoasi darvozasi tomon penalti zarbasi belgilandi. Bu zarbani amalga oshirish uchun nuqtaga terma jamoa sardori, Madridning «Real» jamoasi himoyachisi Serxio Ramos yaqinlashdi. Bu vaziyatda uning klubdoshi, o‘yinda jarohati tufayli ishtirok eta olmagan xorvatiyalik Luka Modrich zaxira o‘rindig‘ida turib terma jamoasi darvozaboni Daniel Subashichga terma jamoa sardori Dario Srna orqali Ramos to‘pni qayerga yo‘naltirishi haqida xabar jo‘natdi.
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Serxio Buskets bu harakatni payqab qolgan va Ramosga buni yetkazgan. Lekin Ramos o‘z odati bo‘yicha zarba berishga qaror qildi va Subashich bu zarbani qaytardi.
Keyinroq xorvatlar hujumchisi Mario Manjukich gol urib, uchrashuvda xorvatlar g‘alaba qozonishini ta'minladi.
Modrichning Subashichni ogohlantirishiga doir videolar internetda tarqalgan.
D guruhida Xorvatiya 7 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ispaniya 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. 3-tur uchrashuvini Chexiyaga qarshi o‘tkazgan Turkiya 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va 3 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etdi. Endi bu jamoa boshqa guruhlardagi o‘yinlar natijasini kutmoqda.
Manba: Tribuna.uz