“Miss Nikaragua-2014” maqomi sovrindori Yumara Lopes miyasidagi saraton tufayli vafot etdi. Globovision telekanalining xabar berishicha, bu ma'lumotni Yumaraning onasi tasdiqlagan. Bir yarim yil davomida kasallik bilan kurashgan qizning yoshi 22 da edi.
Kasallikning ilk alomatlari – bosh aylanishi va ko‘rishning pasayib ketishi Lopesda 2014 yilning dekabrida kuzatilgan edi. U o‘shanda Londonda o‘tkazilgan “Miss olam” tanlovidan qaytib kelgan edi. Davolanish kursini tugatgach, modelerlik agentligi bilan shartnoma imzolab, ishlagani Panamaga ketgan edi.
Doimiy bosh og‘riqlar sabab qiz yana bir bor shifokorlarga murojaat qildi. Tashxis natijalari unda saraton kasalligini ko‘rsatdi. Davolanish unga foyda bermadi va qiz yaqinlari hamda qarindoshlari ichida 22 yoshida olamdan o‘tdi.