Maradonaning qo‘l bilan urgan goliga 30 yil to‘ldi

Sport 16:35 / 22.06.2016 6689

Bundan roppa-rosa 30 yil oldin, 1986 yilning 22 iyunida futbol tarixidagi eng esda qolarli voqea sodir bo‘lgandi. Meksikadagi jahon chempionati chorak finalida Angliya hamda Argentina terma jamoalari to‘qnash kelishgan. O‘yinda argentinaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

51 daqiqada o‘sha mashhur voqea sodir bo‘lgandi... Maradona to‘pni Xorxe Valdanoga uzatadi, to‘p esa Stiv Xodjga tegadi. Himoyachi to‘pni to‘xtatishda xatoga yo‘l qo‘yadi va uni Maradona tomonga tepib yuboradi. Angliya terma jamosining 185 santimetrli darvozaboni Piter Shilton to‘pga tashlanadi, lekin 165 santimetrli Maradona to‘pni mushni bilan darvozaga yo‘llaydi. Uzoqdan to‘p bosh bilan urilganday ko‘rinadi, lekin aslida Diyego qo‘l bilan gol urgandi. Tunislik hakam Ali Bin Nosir golni inobatga oladi. Barcha ingliz futbolchilari hakamga tashlanadi, lekin foydasi bo‘lmaydi. O‘yindan keyin Diyego o‘sha mashhur gapini aytgandi: «Bu Yaratganning qo‘li edi!».

Bu goldan uch daqiqa o‘tgach Diyego asr golini uradi. U maydon markazida to‘pni qabul qilib oladi va butun Angliyani aldab, darvozabonni ham aldab to‘pni darvozaga yo‘llaydi. O‘sha musobaqada Argentina chempion bo‘ladi. Mana, futbol tarixida qanchadan-qancha o‘yin bo‘ldi, qancha gollar urildi, lekin o‘sha o‘yin, o‘sha ikki gol va o‘sha Diyego hech kimning yodidan chiqmaydi. Diyego ismlari mashhurlar, futbolchilar ko‘p, lekin Diyego deganda barchamiz albatta MARADONAni tushunamiz. Barcha qiliqlari, g‘ayrioddiy harakatlariga qaramay u futbol tarixidan o‘chmas joy oladi. Diyego bo‘lib...

Ko‘proq yangiliklar: