Qirg‘izistonda chaqmoq tufayli 55ta qo‘y nobud bo‘ldi

Jahon 17:49 / 22.06.2016 7717

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati hududida chaqmoq tufayli yana 55ta qo‘y nobud bo‘ldi.

Suzoq tumani hududida 20 iyun kuniga o‘tar kechasi, soat tungi 03:00da Almaluu-Buloq qishlog‘ida yashovchi Mederbek Kaamitov Kurobasdagi yaylovdan 55ta qo‘y jasadini topgan.

Cho‘pon faqat 20ta qo‘yni so‘yib, halollashga ulgurgan.

Bundan oldinroq, 16 iyun kuni Jalolobod viloyatining Aksiysk tumani hududida 145ta qo‘y chaqmoq zarbasidan nobud bo‘lgani haqida xabarlar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: