AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbining ma'lum qilishicha, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Obamani Suriya armiyasiga zarba berishni boshlashga chaqirgan vakillar bilan uchrashuv o‘tkazgan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.
"U ko‘pchilik bo‘lmagan kishilardan iborat bu guruh bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv taxminan 1,5 soat davom etdi", degan u.
Kirbi uchrashuvning boshqa tafsilotlarini keltirishni istmagan.
"Men muhokama jarayoni bilan tanishtirmoqchi emasman. Bu maxfiy jarayon", deya qo‘shimcha qilgan Kirbi.
AQSh Davlat departamenti rasmiysining ishonch bildirishicha, "Jon Kerri bu uchrashuvdan yaxshi kayfiyat bilan chiqqan".
"U bu tashabbusni yaxshi qabul qildi", degan Kirbi.
Bundan avvalroq, The Wall Street Journal AQSh Davlat departamentining 51 nafar vakili AQSh prezidenti Barak Obamani Suriyada Bashar Asad rejimini almashtirish uchun bu hukumat kuchlariga hujum boshlashga da'vat etgani haqida xabar qilgandi.
Keyinroq, o‘sha vaqtda Kopengagenda bo‘lgan Jon Kerri, bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi, mamlakatga qaytgach, tashabbuskorlar bilan uchrashmoqchi ekani haqida xabar berildi.