2016 yilda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan Qirg‘iziston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Iordaniyada bo‘ladi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov ma'lum qilgan.
“Joriy yilda mamlakat rahbarining Yaponiya va Janubiy Koreyaga tashrifi kutilyapti. Muzokaralar Qozog‘istonning ushbu mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligiga qaratiladi. Bundan tashqari, siyosiy va boshqa mavzularda ham suhbatlashiladi”, - dedi Yerlan Idrisov.
Uning aytishicha, Nursulton Nazarboyev 2016 yil oxirlarida Saudiya Arabistoni va Iordaniyaga ham rasmiy tashrif buyuradi.
“Joriy yilning sentabr oyida mamlakat rahbari rasmiy tashrif bilan Bishkekda ham bo‘ladi”, - deb qo‘shimcha qildi Idrisov.