21 iyun oqshomida Yevropa chempionati guruh bosqichidan o‘rin olgan Xorvatiya hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi unda xorvatlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yindagi hal qiluvchi golga «Inter» futbolchisi Ivan Perishich mualliflik qildi. Tribuna.uz sayti van haqidagi ba'zi qiziqarli ma'lumotlarni keltirdi.
Perishichni yoshligida Kuka deb deb chaqirishgan. Bu tovuq degan ma'noni bildiradi. Chunki otasining tovuq fermasi bor edi. Ivan uch yoshidan otasining fermasida ishlagani uchun unga Kuka degan laqab og‘ir botmas edi. Lekin u Asa degan laqabni olishni xohlardi. 1998 yil Xorvatiya jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi. Ivanning onasi bayramona dasturxon tuzadi. Otasiga «oqidan», bolalarga esa sut. Televizorni yoqishdi. Xorvatiya Fransiya bolan o‘ynamoqda. Ivan ekrandagi Alyosha Asanovichga havas bilan qaradi. U ham Ivan tug‘ilgan Dalmatsiyadan edi-da! Shu sabab bolakay doim Asa deb chaqirishlarini xohlardi.
12 yil o‘tib Xorvatiya yana jahon chempionatida o‘ynadi. Bu gal Ivan o‘yinni televizordan tomosha qilmadi. Bunga vaqti yo‘q edi. Chunki maydonda Braziliyaga qarshi ochilish o‘yinida maydonga tushishi kerak edi. Ivan yoshligida «Arsenal» yoki «Tottenhem»ga o‘tishi mumkin edi, lekin u «Sosho»ga o‘tishga majbur bo‘ladi. Chunki shunday qilsagina otasining tovuq fermasini saqlab qolishga yordam berishardi. Avval otasining tovuq fermasini himoya qilish uchun Fransiyaga ketgan Perishich bugun vatani sha'nini himoya qilish uchun u yerga borgan. Buni ajoyib tarzda uddalamoqda ham. Umid qilamiz, xorvatlarning yurishlari bardavom bo‘ladi. Chunki ularning safida Perishich bor-ku!..
Manba: Tribuna.uz