Hindistonning Bixar shtatida ro‘y bergan tabiiy ofat natijasida kamida 45 kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda Air News. Insonlar yashin urishidan hayotdan ko‘z yumgan. Bundan tashqari, o‘nlab kishilar jabrlangani haqida xabarlar bor.
Qayd etilishicha, surunkali yomg‘irlar yetkazgan talofatlar tufayli ma'lumotlar mahalliy hokimiyat organlariga sekinlik bilan yetib kelmoqda. Shu bois, qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilmoqda.