Xitoylik ozish maqsadida boshida 40 kilolik tosh bostirib oldi

Jamiyat 21:25 / 22.06.2016 5927

Xitoyning Girin provinsiyasida yashovchi kishi ozish maqsadida so‘nggi to‘rt yil ichida har kuni boshiga 40 kilolik tosh bostirib yuradi. Bu haqda CCTV News telekanali xabar bermoqda.

54 yoshli Tsun Yan boshidagi yuk bilan har kuni uch kilometr masofani bosib o‘tadi. U boshida boshiga 15 kilolik yuk ortgan edi, so‘ngra uning miqdorini oshirdi.

Xitoylikning aytishicha u bir yil davomida eng yuqori 30 kilolik tosh ortgan. O‘tgan to‘rt yil ichida u qanchalik ozganligi ma'lum emas.

Xitoylik ushbu kishi ozish bo‘yicha o‘zining g‘ayritabiiy uchuli bilan Ginnesning rekordlari kitobiga kirishni niyat qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: