Bugun O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan XXR raisi Si Tszinpin O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq so‘zladi.
"Xitoy-O‘zbekiston strategik hamkorlik aloqalarining ikki tomonlama munosabatlar rivojida yangi davr boshlandi; ikki tomon o‘zaro foydali hamkorlikning ko‘p bosqichli, keng qamrovli manzillarini ochish uchun qo‘lni qo‘lga berib harakat qilishi lozim", - dedi XXR raisi.
"2015 yilda 49ta mamlakatdagi Xitoy kompaniyalari investitsiyalari 15 milliard dollarga yetdi, u 18 foizga o‘sdi, bu mamlakatlarning Xitoydagi investitsiyasi esa 8,2 milliard dollarga yetdi, ya'ni 25 foizga o‘sgan"ligi ta'kidlandi.
Shuningdek, so‘nggi 3 yil ichida Xitoy 20dan ortiq mamlakatlar bilan sanoat kelishuvlarini imzolagani va 17ta mamlakat bilan xorijda 46ta hamkorlik zonasini yaratgani qayd etildi.
"Buyuk Ipak Yo‘li javohirlari - Toshkent va Buxoro kabi qadimiy shaharlar Sharq va G‘arb o‘rtasidagi almashinuvga guvoh bo‘lgan va jahon tarixi sahifalariga zarhal bitiklar bitgan", dedi Tszinpin.
Bugungi kunda Shanxay hamkorlik tashkilotida 6ta a'zo mamlakat bilan birga 18ta mamlakat ishtirok etib kelayotgani, buning barobarida tashkilotning mavqei va ta'siri o‘sib borayotgani ta'kidlandi.
XXR raisi Xitoy ShHTning boshqa a'zolari bilan hamkorlik qilishga va Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sammitda hamkorlikni yanada mustahkamlab munosabatlarga yangicha tus berishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.