Joriy yilda XXR moliya vazirligi Honkong moliya bozoriga 4,25 mlrd dollarga teng milliy valyutadagi davlat obligatsiyalarini chiqaradi. Uning umumi qiymati 28 mlrd yuanni tashkil etadi, deb xabar qilmoqda "Dagun bao" gazetasi, Xitoy moliya vazirligi xabariga tayangan holda.
Uning 14 mlrd yuan miqdoridagi ilk transhi 29 iyundayoq joylashtiriladi, qolgani yilning ikkinchi yarmida chiqariladi. Ushbu davlat obligatsiyalarini yirik xalqaro sarmoya institutlari Honkong fond birjasi orqali xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.
Qayd etish joizki, Xitoy hukumati 8 yildirki mahalliy bozorda shunday moliyaviy amaliyot o‘tkazib keladi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, Honkongning Xitoy milliy valyutasidagi asosiy ofshor markazi sifatida rivojlanishiga turtki berishdan iborat.
Shu bilan birga, rasmiy Pekin so‘nggi vaqtlarda yuanga xalqaro valyuta maqomini berish uchun choralarini kuchaytira boshladi.