Google kompaniyasi o‘zining yangi ijodiy g‘oyalari va bu g‘oyalarning sifati, qulaylikari bilan ko‘plab gadjyet foydalanuvchilarini xursand qilib kelmoqda.
Quyida yangi olamshumul ixtirolardan biri bo‘lmish Project Soli deya ataluvchi cho‘ntakda olib yurish va taqish mumkin bo‘lgan gadjyetlardan birini taqdim etamiz.
Aytish mumkinki, oxirgi o‘n yil ichida elektron gadjyetlar rivojlanishi jihatidan ulkan taraqqiyot yo‘liga o‘tib oldi. Avvaliga mexanik tugmalar o‘rniga sensor ekranli, endi esa gadjyetlarning yanada keng imkoniyatlari yo‘lga qo‘yilib, deyarli ko‘plab vazifalarni bajaruvchi imkoniyatlarini namoyish qilinmoqda.
Shuningdek, Google bu boradagi imo-ishoralar yordamida amalga oshiriluvchi tadqiqotlarini hali ancha davom etirish niyatida.
Shunday qilib, Soli qurilmasining o‘ziga xos tomoni shundaki, u minatyurali radar tizimiga muvofiq o‘rnatilgan maxsus chip orqali ishlaydi.
Chip qo‘l orqali amalga oshirilgan harakatlarni tushunarli tarzda sharhlash va gadjyet buyrug‘ini amalga oshirish vazifasini bajaradi va ushbu kichik qurilma bilan ana shu tarzda muloqot qilish mumkin bo‘ladi. Bu kabi imkoniyatlar endi raqamli bilakuzuklar, kulonlar va ko‘zoynaklarda ham uchrasa ajab emas.
Ixtirochilar Soli deya nomlanuvchi chipning sensor orqali harakatga keluvchi prototipini yaratishga muvaffaq bo‘lib, bu 8 × 10 mm o‘lchamdagi panjara - antennadan iborat.
Olimlar ushbu qurilmagacha bo‘lgan va harakatga kelishi mumkin bo‘lgan masofani ham hisobga olib, o‘rganib chiqishdi.
Ayni damda ixtirochilar hujjatlar to‘plami va boshqa ishlab chiqaruvchilarga, o‘zlarining dasturiy ta'minoti va uskunalarida Soli chiplarini o‘rnatish imkonini bera oladigan maxsus SDKni dasturini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqdalar.
Google joriy yilning oxiriga qadar Project Soli loyihasi to‘liq ko‘rinishga keladi, deya va'da bermoqda.