Fransiyada ekstazining yirik partiyasi musodara qilindi

Jamiyat 13:03 / 22.06.2016 2898

Frantsuz politsiyasi so‘nggi o‘n yil ichida mamlakatdagi eng yirik ekstazi (giyohvand modda) partiyasini musodara qildi. Iyun oyi o‘rtalarida Parijning chekka hududida o‘tkazilgan operatsiya haqida Agence France Presse va  I-Télé telekanali xabar berdi. 

Politsiyaning ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga kiritilgan 8,3 kilogramm giyohvand moddalar partiyasida 30 mingdan ortiq tabletka qayd etilgan. Giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi, avval ham politsiya nazariga tushgan ikki kishi qo‘lga olingan. Ulardan yana revolver va 5 ming yevro naqd pul topilgan. 

Parij jinoiy qidiruv bo‘limining giyohvand moddalar bilan kurashish brigadasi bu operatsiyani besh oy davomida tashkillashtirgan. Amsterdamdan yirik ekstazi partiyalarini keltirib, Fransiyada "ulgurji" sotuvi yo‘lga qo‘yilgan maxfiy tarmoqning mavjudligi aniqlangan. Operatsiya davomida xavfli giyohvand moddani tashuvchilardan 2 -3 minglab tabletka sotib oladigan bir qator "olibsotarlar" aniqlangan. Bularning barchasi Parij markazidagi va janubiy dahalardagi diskotekalarda o‘tkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: