Florida shtatining markaziy qismida 136 kg lik alligator 58 yoshli erkakka hamla qilib qoldi, deb xabar bermoqda WPTV telekanali.
Ma'lum qilinishicha, voqea erkakka tegishli hududda sodir bo‘lgan. Erkak timsohni aniqlab, uni otib tashlamoqchi bo‘lgan. Biroq erkak timsohga yaqinroq kelganda hayvon uning o‘ng oyog‘ini tishlab olgan.
Jarohat olgan erkak mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Mutaxassislar timsohni evtanaziyaga uchratishgan.
Avvalroq Orlando shahrida politsiya Disney bog‘idagi Grand Floridian Resort & Spa mehmonxonasida timsoh suvga tortib ketgan ikki yoshli qizchani qidirayotgani ma'lum qilingandi.