Burak Yilmaz: «Turklar o‘z hayotini og‘irlashtirishni xush ko‘rishadi»

Sport 12:23 / 22.06.2016 5042

Yevro-2016 guruh bosqichi doirasida Chexiyaga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Turkiya terma jamoasi hujumchisi Burak Yilmaz uchrashuvdan keyin jurnalistlarga intervyu bergan.

«Bizda bir talay tajribasiz futbolchilar bor. Bu avvalgi uchrashuvlarda ko‘rinib qoldi. Lekin bugun barchasi boshqacha bo‘ldi. Turkiyalik futbolchilar hamisha avvaliga o‘zlarini qiyin ahvolga solib qo‘yishadi va keyin vaziyatdan chiqish uchun kurash boshlaydi. Turklar o‘z hayotini qiyinlashtirishni xush ko‘rishadi. Hozir biz keyingi bosqichga chiqishimizga optimistik ko‘z bilan qaramoqdamiz.

Mor – bizning gulimiz bo‘ldi. Men Emreni bu turnir boshlangunicha tanimasdim ham. Lekin mashg‘ulotlar vaqtida uning harakatlarini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim», – deya qayd etgan Yilmaz.

Turkiya terma jamoasi D guruhida 3-o‘rinni egalladi. Guruhlarda 3-o‘rin egalaridan eng yaxshi natijalarga ega bo‘lgan 4ta jamoa keyingi bosqichga o‘tadi. 3-turdan keyin V guruhidan Slovakiya 4 ochko bilan va S guruhidan Shimoliy Irlandiya to‘plar nisbati yaxshiligi evaziga keyingi bosqichga chiqib bo‘ldi. 

A guruhida 3-o‘rinni egallagan Albaniya va D guruhida 3-o‘rinni egallagan Turkiyada 3tadan ochko bor. Albaniyada to‘plar nisbati (1-3), Turkiyada (2-4).

Bugun Ye va F guruhlarida 3-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: