Fransiyaning BMT Xavfsizlik kengashidagi doimiy vakili Fransua Delattr BMT Shimoliy Koreyaning oxirgi raketalar uchirishi muhokama qilinadigan favqulodda yig‘ilish o‘tkazishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Yig‘ilishda bu masala bo‘yicha yagona munosabatni ishlab chiqishga umid qilamiz. Yig‘ilish natijasiga ko‘ra matbuot uchun rasmiy bayonotga ega bo‘lamiz", deb ta'kidlab o‘tdi Delattr.
Avvalroq Shimoliy Koreya o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketani uchirgani ma'lum qilingandi.