Apple kompaniyasi xufyona til biriktirgani uchun 400 mln dollar jarima to‘laydi

Fan-texnika 12:28 / 22.06.2016 4279

Apple kompaniyasi, uning Hachette, Harpercollins, Macmillan, Penguin va Simon&Schuster kompaniyalari bilan elektron kitoblari borasida kelishib olganidan jabrlanganlarga jarima to‘lashni boshladi. 

iXBT.com resursining yodga olishicha, Amerika giganti 2012 yili yuqorida qayd etilgan kompaniyalar bilan mahsulotlar narxini 30-50 foizga qimmatlashtirish maqsadida xufyona til biriktirganlikda ayblangan edi. 

Apple boshqa barcha kompaniyalar mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish yo‘lini tanlashgan bo‘lsa, mahkama jarayonini tanlagan Apple mag‘lub bo‘lgach, o‘z "gumashtalari"ning yo‘lidan borishga qaror qildi. 

Endilikda, kompaniya tovon puli to‘lashni boshladi. Uning umumiy miqdori 400 mln dollarni tashkil etadi.

Apple kompaniyasi, 2010 yil 1 aprelidan 2012 yil 21 mayigacha xarid qilingan elektron kitob uchun xaridor hisobiga 6,93 dollardan o‘tkazib beradi. Buning uchun, kitob New York Times nashri tomonidan bestseller deb tan olingan bo‘lishi kerak. Aks holda, kitobshinavandalari o‘z xaridlari uchun 1,57 dollardan tovon puliga ega bo‘lishadi.

Qayd etish kerak, tovon to‘lash jarayoni, nafaqat Apple do‘konlari, balki «Amazon», «Kobo» va «Barnes & Noble» kabi do‘konlarda xarid qilingan mahsulotlar uchun ham joriy etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: