Amerika Kubogida yarim final bosqichining birinchi uchrashuvi o‘tkazildi. AQShda kechayotgan turnir yarim finalida mezbonlar Argentinaga qarshi maydonga chiqishdi va yirik hisobda yutqazishdi.
O‘yinning 3-daqiqasidayoq argentinaliklar hujumchisi Esekel Lavessi Messining pasini golga aylantirib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Messining o‘zi jarima zarbasi orqali jamoasi ustunligini oshirdi - 2:0.
Ikkinchi bo‘limda esa Gonsalo Iguain yana 2ta gol bilan hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi - 4:0.
Shu tariqa, Argentina terma jamoasi 28-marta Amerika Kubogi finaliga chiqdi. Jamoa endi 15-sovrin uchun harakat qiladi.
Yarim finalning ikkinchi uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 23 iyun kuni, soat 05:00da boshlanadi. Bu uchrashuv Kolumbiya hamda turnirning amaldagi g‘olibi Chili o‘rtasida o‘tkaziladi.
Uchinchi o‘rin uchun bahs 26 iyunga, final 27 iyunga belgilangan.
AQSh – Argentina 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 3 Lavessi, 0:2 – 32 Messi, 0:3 – 50 Iguain, 0:4 – 86 Iguain.
AQSh – Gyuzan, Yyedlin, Kemeron, Bruks, Djonson, Zardes, Bredli, Bekkerman (Birnbaum, 60), Zusi, Vondolovski (Pulishich, 46), Dempsi (Nagbe, 78).
Argentina – Romero, Merkado, Otamendi, Funes Mori, Roxo (Kuesta, 84), Fernandes (Bigliya, 59), Maskerano, Banega, Messi, Iguain, Lavessi (Lamela, 67).
Ogohlantirishlar: Vondolovski (31).