O‘zbekiston bank-moliya tizimidagi natijalar nufuzli xalqaro moliya institutlari tomonidan ham e'tirof etilmoqda. So‘nggi yillarda “Moody‘s”, “Standard & Poor‘s” va “Fitch Ratings” kabi xalqaro reyting agentliklari O‘zbekiston bank tizimi faoliyatini “barqaror” deb tasdiqlamoqda. O‘zbekistondagi barqarorlik, yuksak makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va yuqori malakali kadrlar xorijlik investorlarning mamlakatimiz bilan hamkorlik qilish istagi va imkoniyatlarini tobora oshirmoqda,
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki ham bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha soha va tarmoqlarning izchil faoliyat yuritishida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, bank¬ning umumiy kapitali 529 milliard so‘m, ustav kapitali esa 368 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu esa joriy yilning boshiga nisbatan mos ravishda 59,1 milliard so‘m (113 foiz) va 50 milliard so‘m (116 foiz) ga o‘sdi.
Mazkur moliya muassasasi tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida joriy yilning birinchi choragi davomida mijozlar, fermeru tadbirkorlarga tezkor va sifatli bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Tadbirkorlarning istiqbolli biznes loyihalarini moliyalashtirishda yaqindan ko‘mak berilmoqda.
Xususan, hisobot sanasiga bankning kredit qo‘yilmalari 2 trillion 862 milliard so‘mni tashkil qilib, joriy yilning 1 yanvariga nisbatan 646 milliard so‘mga yoki 129 foizga o‘sdi. Shuningdek, 2016 yilning birinchi choragi davomida iqtisodiyotning turli yo‘nalishlaridagi tadbirlarni moliyalashtirishga jami 985 milliard so‘m, shundan bankning o‘z mablag‘lari hisobidan 437 milliard so‘m kreditlar ajratildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan 2015 yilning shu davriga nisbatan 261 milliard so‘mga yoki 136 foizga oshdi. Natijada ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi va minglab oilalarga baraka kirdi.
O‘zbekistonda kuzatilayotgan barqaror o‘sish sur'atlari haqida gap ketganda, buning boisi va omilini, avvalambor, iqtisodiyotimizga yo‘naltirilayotgan kapital mablag‘lar, investi¬tsiyalar tobora o‘sib borayotgani bilan izohlanadi. Binobarin, respublikada faol investitsiya siyosati yuritilib, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Bu jarayonning faol ishtirokchisi hisoblangan “Agrobank” faoliyatida investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishga ham alohida e'tibor qaratib kelmoqda.
Moliya muassasasi tomonidan hisobot davrida ajratilgan investitsion kreditlar miqdori esa 144 milliard so‘mni tashkil etib, belgilangan parametr ijrosi ta'minlandi. Ushbu kreditlar sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va transport, moddiy-texnik ta'minotga hamda iqtisodiyotning boshqa sohalariga yo‘naltirildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga 263 milliard so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.
Bu ko‘rsatkich 2015 yilning shu davriga nisbatan 63 milliard so‘mga yoki 132 foizga ko‘pdir. Ushbu mablag‘lar asosan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlash va nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishga yo‘naltirildi.
Prezidentning 2015 yil 28 sentabrdagi “Tadbirkorlik sub'yektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan bank tomonidan joylarda “Yagona darcha” markazlarida 57 ta maxsus kassalari tashkil qilindi.
Shuningdek, bank tomonidan xalqimiz turmush farovonligini oshirish borasida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2016 yilning birinchi choragida tadbirkor ayollarning loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga 28,6 milliard so‘m, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni kengaytirishga 5,1 milliard so‘m, jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, oilalarning turmush sharoitini yaxshilash yo‘nalishlariga 16,7 milliard so‘m kreditlar berildi.
Hisobot davrida aholiga 12,4 milliard so‘m iste'mol kreditlari ajratilib, shundan 7,6 milliard so‘mi maishiy texnika va uy-ro‘zg‘or buyumlari sotib olishga hamda 4,8 milliard so‘mi ta'lim olish maqsadlariga yo‘naltirildi.
Bugungi tadbirkorlarimiz obod va farovon turmush kechirish maqsadida bank sarmoyalari bilan biror tadbirli ishning “boshi”ni tutib ham oilasi, ham mahallasiga nafi tegmoqda. Bunday ishbilarmon kishilar bilan suhbatlashsangiz, dilingiz yayraydi. Har bir tadbirkoru fermer vaqtni g‘animat bilib, izlanib, intilib yangi-yangi innovatsion loyihalar tuzib, istiqbolli tarmoqlarni taraqqiy ettirishga kirishgan.
Yaqin ko‘makchi va doimiy hamkor
– Orzu-istaklarimiz ro‘yobi tadbirkorlik ortidan erishayotgan yutuqlarimizda namoyon bo‘layotir, – deydi Yangiyer shahridagi “Usta Alisher” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Alisher Abbosov. – Go‘sht va sut mahsulotlarini hajmini ko‘paytirish maqsadida biznes loyiha tuzdik. Biznes loyiha asosida “Agrobank”ning Yangiyer filialiga murojaat etdik. Naslli chorva mollari keltirish uchun bank tomonidan loyihaga asosan 130 million so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratildi. Mazkur mablag‘ sabab, 15 ta yangi ish o‘rni ham yaratildi. Hozirgi kunda aholiga sifatli go‘sht va sut mahsulotlari yetkazib bermoqdamiz.
Turmushimiz obod, ko‘nglimiz shod
– Biznes-loyihamizdagi asosiy maqsad – sifatli gilam ishlab chiqarish quvvatini oshirish hamda yangi, ixcham, zamonaviy to‘quv dastgohlarini keltirishga qaratilgandi, – deydi Buxoro viloyatidagi “Buxoro gilam” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Otabek Boboyev. – Moliya muassasasining Buxoro viloyati hududiy filialidan bizga 390 million so‘m kredit ajratildi. Sarmoya hisobiga yana 5 nafar kishi ish o‘rniga ega bo‘ldi. Ayni paytda korxonada 15 turdagi bejirim, chiroyli va sifatli gilamlar ishlab chiqarilmoqda. Gilamlar buyurtma asosida arzon narxlarda aholiga yetkazib berilmoqda. Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirmoqchimiz. Bunda ham bankning ko‘magi ishimizda qo‘l keladi. Bu borada ham eng yaqin hamkorimiz “Agrobank”ka suyanamiz. Bank jamoasining bizga ko‘rsatayotgan xizmatlari va yaratib berayotgan shart-sharoitlaridan minnatdormiz.
– Mamlakatimizda servis va xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish borasida keng ko‘lamdagi amaliy sa'y-harakatlar olib borilmoqda, – deydi Uzun tumanidagi “Bedil Samira” xususiy korxonasi rahbari Suhrob Madaminov. – Bu albatta, o‘z samarasini bermoqda. “Agrobank”ning Uzun filialiga servis sohasini rivojlantiriga asoslangan biznes loyihaga asosan 120 million so‘m kredit mablag‘i oldik. Ana shu moliyaviy ko‘mak tufayli 8 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, aholiga zamonaviy xizmat ko‘rsatishga erishdik. Men ushbu bank jamoasidan minnatdorman. Ular biz kabi mijozlarni doimo qo‘llab-quvvatlashiga ishonaman.
Sarmoyalar taraqqiyot xizmatida
Moliya muassasasi tomonidan 2016 yilning birinchi choragi davomida qishloq xo‘jaligi korxonalari, shu jumladan, fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jalik texnikalari, agregatlar va ehtiyot qismlar bilan ta'minlash maqsadida 12,2 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Ushbu mablag‘lar hisobiga 90 ta haydov va chopiq traktorlari, 59 ta kombayn hamda 34 tadan ortiq turli qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari yetkazib berildi.
– Aholi turmush farovonligi yaxshilash, yurtimiz taraqqiyotini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar hayotda o‘z samarasini berayotir, – deydi Urganch tumanidagi “Qalandar Shukurjon” fermer xo‘jaligi rahbari Umidbek Xudoyberganov. – Mana bir necha yildirki, bank bilan hamkorlik qilib, fermer xo‘jaligimizda istiqbolli va qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirishga astoydil bel bog‘laganmiz. Fermer xo‘jaligimiz bugunga kelib paxta va g‘alladan yuqori hosil olish bilan birga, chorva mahsulotlari, ya'ni sut va go‘sht mahsulotlarini aholi iste'moli uchun yetkazib berishga ham erishdik. “Agrobank”ning Urganch filialidan biznes loyi¬haga asosan 130 million so‘m kredit mablag‘i oldik. Bugun xo‘jaligimizda paxta va g‘alladan mo‘l hosil yetishtirishdan tashqari, bog‘dorchilik bilan ham shug‘ullanamiz. Bu ham qo‘shimcha daromad ortishiga omil bo‘lmoqda.
Ezgu tashabbuslar madadkori
– Bugun yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda, – deydi Qo‘shko‘pir tumanidagi “Xadra fayz invest” oilaviy korxonasi rahbari Mahliyo Yusupova. – “Agrobank” tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar ham tahsinga sazovor. O‘tkazilayotgan turli seminar va uchrashuvlarda bank xizmatlari, kredit, mikrokredit, mikrolizing, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy biznes hamda hunar¬mand¬chilik faoliyatini rivojlantirish haqida yoshlarga keng tushuntirishlar berilmoqda. Mukammal biznes ishlanmalar ustida izlanib avtomobillarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha loyiha tayyorladim. Bugun ezgu maqsadim bank ko‘magi bilan amalga oshdi. Xususan, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatini mo-liya¬lashtirishga ajratilgan kreditlar hajmi kundan-kunga oshib bormoqda. Men ham bu imkoniyatdan foydalangan holda “Agrobank”ning Qo‘shko‘pir filialidan 20 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit oldim. Olingan kredit evaziga avtomobillarga xizmat ko‘rsatish saloni ochib, faoliyatimni yo‘lga qo‘ydim.
“Agrobank” tomonidan joriy yilda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta'minlash va ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish, istiqbolli biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 42,8 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratish belgilandi. 2016 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, bank tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga 7,5 milliard so‘m kreditlar ajratildi.
Elektron xizmatning ko‘lami keng
Bugungi kunda bank zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan xizmatlar ko‘lamini rivojlantirish va kengaytirish borasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida joriy qilingan “Internet banking” tizimiga ulangan mijozlar soni bugunga kelib 10 ming, “SMS-banking” xizmatidan foydalanayotganlar esa 454 mingdan ortdi.
Shuningdek, plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblar tizimini kengaytirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda ko‘rsatilayotgan xizmatlarni rivojlantirish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Ayni paytda bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar soni 28611 taga, tarqatilgan plastik kartochkalar soni 3 million 321 mingtaga yetkazildi. Plastik kartalar bilan ishlash tizimida zamonaviy, interfaol xizmat turlarini rivojlantirish yuzasidan qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Klik” va “SMS-To‘lov” tizimlari orqali plastik kartalardagi mablag‘lardan mobil telefon va internet orqali to‘lovlar o‘tkazish imkoniyati yaratilib, ushbu xizmatdan foydalanayotgan mijozlar soni 454 mingtadan oshdi. “Mobil savdo” xizmat turiga jalb qilingan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari soni 2650 tadan oshdi. Ushbu xizmat turini keng tatbiq qilish orqali joriy yilda 15 mingta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini jalb qilish rejalashtirilgan.
Muxtasar aytganda, iqtisodiyot taraqqiyoti, aholi farovonligini ta'minlashda o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan moliya muassasalariga tadbirkorlaru ishbilarmonlarning ishonchining oshishi muhim omil bo‘lmoqda. Ana shunday ustuvor tamoyil asosida ish olib borayotgan “Agrobank” ATB sarmoyalari tadbirkorlik, bunyodkorlik va taraqqiyotga xizmat qilmoqda.
Xizmatlar litsenziyalangan. Reklama huquqi asosida.